Kitob haqida
Ingliz yozuvchisi, publitsist va jurnalist Artur Konan Doylning qalamiga mansub tarixiy, sarguzasht, fantastik romanlar va spiritizmga oid asarlar mavjud, ammo u jahon adabiyotiga barcha zamon va xalqlarning eng buyuk detektivi - Sherlok Xolmsni yaratuvchisi sifatida kirib kelgan.
Yovuzlikka qarshi olijanob va jasur kurashchi, o‘tkir zehn va g‘ayrioddiy kuzatuvchanlik sohibi bo‘lgan detektiv o‘zining deduktiv usuli yordamida eng murakkab jumboqlarni yechadi va ko‘pincha inson hayotini saqlab qoladi. U ajoyib qiyofaga kira oladi, aktyorlik qobiliyatiga ega va har bir ajoyib tergov ishini yakunlaganda ta’sirchan nuqta qo‘ya oladi. Charchoq bilmas Sherlok Xolms va uning osongina ta’sirlanadigan do‘sti doktor Uotson butun dunyo kitobxonlarining qalbidan joy olgan.
Ushbu nashrga "Qizil rangdagi etyud" va "To‘rtning belgisi" romanlari, shuningdek, "Sherlok Xolms sarguzashtlari" hikoyalar to‘plami kiritilgan.

