Kult darajasiga ko‘tarilgan «Qo‘zilar sukunati» (The Silence of the Lambs) asaridan oldin yozilgan roman. U Entoni Xopkins bosh rolni ijro etgan mashhur filmga asos bo‘lgan.
Afsonaviy Gannibal Lekter yana bir seriyali qotil — «Qizil ajdaho» (Red Dragon) bilan aql-zakovat jangiga kirishishga majbur bo‘ladi. FQBga yordam berishga rozi bo‘lgan doktor qanday g‘alati o‘yinni boshlamoqda?
Barchamiz telbamiz-mi yoki atrofimizdagi dunyo aqldan ozganmi?
Odamxo‘r qotil sifatida tanilgan afsonaviy doktor Gannibal Lekter qamoqqa olinganidan so‘ng FQB maslahatchisi va hamkoriga aylanadi.
Gannibal Lekter, shubhasiz, maniyak, ammo u ayni paytda faylasuf va o‘tkir zehnli psixiatr hamdir. U zerikishdan va qamoqxona kutubxonasida «qiziqarli» kitoblar yo‘qligidan aziyat chekadi.

