Qizaloqlar uchun mo‘ljallangan ushbu pushti bantikli shapka dizayni va chiroyligi bilan ajralib turadi. Yumshoq, elastik va teriga yoqimli matodan tayyorlangan bo‘lib, bolaning boshini siqmaydi va kun davomida kiyishmumkun. Shapkaning ikki yonidagi bukli sochga o‘xshash bezaklar va bantiklar unga yanada jozibador va noodatiy ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Ushbu model sovuq havoda boshni iliq saqlash bilan birga, bola obraziga chiroyli uslub qo‘shadi. Kundalik sayrlar, bog‘cha yoki mehmondorchilik uchun. Rangining muloyim pushtiligi esa turli kiyimlar bilan oson uyg‘unlashadi.
Asosiy xususiyatlari:
Yumshoq va nafas oluvchi mato
Elastik va qulay o‘lcham
Chiroyli bantik va bukli dizayn
Qizaloqlar uchun sovg‘a
Kundalik va bayramona foydalanish uchun mos
Qo‘llanishi: kuz, bahor va salqin kunlar uchun ajoyib tanlov.

