Qizaloqlar uchun nafis pushti futbolka turli shakldagi strazlar bilan bezatilgan. Zamonaviy dizayni tufayli kundalik kiyish, bog'cha, sayr, mehmondorchilik, tug'ilgan kun va fotosessiyalar uchun juda mos keladi.

Mato tarkibi 85% paxta va 15% spandeks bo'lib, tanaga yoqimli, havo o'tkazadi, cho'ziluvchan va qulay. Mato shaklini yaxshi saqlaydi hamda ko'p yuvilgandan keyin ham chiroyli ko'rinishini yo'qotmaydi.

Model dumaloq yoqali, qisqa yengli va qulay bichimda tikilgan. Old qismi turli shakldagi yaltiroq strazlar bilan bezatilgan bo'lib, futbolkaga nafis va zamonaviy ko'rinish beradi. Jinsi shim, shortik, yubka yoki losin bilan juda chiroyli uyg'unlashadi.
Model malomerka, shuning uchun bir o'lcham kattaroq tanlash tavsiya etiladi. 130 o'lcham: uzunligi 45 sm, bo'yi 104–110 sm, 4 yosh uchun mos.



