Qiz bolalar uchun jaket va yubka to‘plami 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. To‘plam och kulrang bo‘lib, qalin, astarli koja matodan tayyorlangan. Kundalik kiyish, bayramlar, tug‘ilgan kunlar, oilaviy uchrashuvlar va turli tadbirlar uchun mos keladi.
Jaket mo‘ynali bezaklar, tugmalar va dekorativ bog‘ichlar bilan bezatilgan. Qalin mato va ichki astar kiyimning shaklini saqlashga yordam beradi. Yubka burmali shaklda tikilgan bo‘lib, jaket bilan birgalikda uyg‘un ko‘rinish hosil qiladi.
To‘plam ikki qismdan iborat: jaket va yubka. Och kulrang kiyimni turli oyoq kiyimlar va aksessuarlar bilan birlashtirish mumkin. Buyurtma berishdan oldin bolaning bo‘yi va tana o‘lchamlariga mos razmerni tanlash tavsiya etiladi

