Qiz bolalar uchun issiq va zamonaviy sport kostyumi (Dvoyka)
Kuz va qish mavsumi uchun maxsus moʻljallangan, juda yumshoq va issiq kiyim toʻplami! Bu toʻplam farzandingizga sovuq kunlarda ham qulaylik va issiqlik bagʻishlaydi. Chiroyli pushti rang va yoqimtoy bantik hamda yurakchalar printi qizaloqlarning sevimli kiyimiga aylanadi.
🌟 Afzalliklari:
- Toʻplam tarkibi: Qulay zamokli (molniyali) va kapushonli xudi hamda kengroq elastik belbogʻli shim.
- Sifatli va yumshoq mato: Teri uchun xavfsiz, havoni yaxshi oʻtkazadi va tanaga yoqimli tegadi.
- Mavsumiylik: Kuz, qish va bahorning salqin kunlarida kiyish uchun juda mos keladi.
- Qulay bichiq: Harakatlanishga xalaqit bermaydi — bogʻcha, maktab, sayr va aktiv oʻyinlar uchun juda qulay.
- Zamonaviy dizayn: Bantikli va yurakchali naqshlar kiyimga oʻzgacha va mayin koʻrinish beradi.
📐 Parvarish qilish boʻyicha tavsiyalar:
- 30°C darajada nozik (делькат) rejimda yuvish tavsiya etiladi.
- Kiyim formasini va rasmlar yorqinligini uzoq saqlash uchun teskari oʻgirib yuvgan maʼqul.
