2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan qizaloqlar uchun zamonaviy va qulay Hello Kitty ikki qismli kostyum. To‘plam uzun yengli zamokli kofta va erkin bichimli shimdan iborat.
Kofta chiroyli katta oq yoqa bilan bezatilgan bo‘lib, old qismida Hello Kitty rasmi mavjud. Oldidagi fermuar kiyib-yechishni osonlashtiradi, keng cho‘ntaklari esa kundalik foydalanishda qulay. Orqa qismidagi Hello Kitty bezagi kostyumga yanada o‘ziga xos ko‘rinish beradi.
Shim erkin bichimli bo‘lib, bolaning harakatini cheklamaydi. Pastki qismi rezinkali bo‘lgani uchun oyoqda qulay turadi. Yumshoq va yoqimli matosi kundalik kiyish, bog‘cha, sayr, mehmondorchilik va safarlar uchun mos.2, 3, 4, 5 va 6 yoshli qiz bolalarga mos keladi. Turli rang variantlari mavjud.

