Qiz bolalar uchun yumshoq, qulay va chiroyli ko‘k rangli pijama komplekti. Pijama gilos va gul naqshlari bilan bezatilgan bo‘lib, qizaloqlar uchun nafis va yoqimli ko‘rinish beradi. Uyda kiyish, dam olish va uxlash uchun juda mos. Mato tanaga yoqimli va harakatlanishga qulay.
Pijamaning ichki choklariga alohida e’tibor berilgan. Choklar faqat averlok bilan emas, balki averlok yonidan qo‘shimcha to‘g‘ri chok bilan ham ishlov berilgan. Shu sababli choklar yanada mustahkam, puxta va chidamli. Mahsulot sifatli tikilgan va kundalik foydalanish uchun qulay.

