Jozibali qizaloqlar uchun yozgi to'plam.
Aplikatsiyali futbolka va ko'p qatlamli yubka, bej rangda, apliatsiyali futbolka va gulli shortilar, sariq rangda.
Bu jozibali qizlar to'plami noziklik va nafislikning timsolidir.
Bayram tadbirlari uchun ham, zamonaviy ko'rinish uchun ham juda mos keladi.
To'plam qulay futbolka va havo o'tkazuvchi paxta matoli yubka yoki musli matoli shortidan iborat bo'lib, yoqimli rang sxemasida tayyorlangan.
To'plam xususiyatlari:
Futbolka dizayni: yoqasi aylana shaklda bo'lib kiyish qulayligini ta'minlaydi. Asosiy diqqatga sazovor joyi -bu ko'kragida dekorativ elementlar bilan bezatilgan quyon shaklidagi yoqimli bezak bo'lib, bu bolaning jozibasini oshiradi. Futbolkaning ikki yon tomonida tasma orqali yig'ilgan kichik dekoratsiya mavjud bo'lib, unga qiziqarli va zamonaviy siluet beradi.
Yubka dizayni: yubka yumshoq paxta matosidan, ko'p qatlamli dizayn shaklida qilingan. Bej fonda kichik oq nuqtachakar juda chiroyli va zamonaviy ko'rinadi. Etakning pastki qirrasi oq to'r bilan bezatilgan bo'lib, unga o'ziga xos havodorlik va bayramona ko'rinish beradi. Elastik tasmali yubka kamari shaklga mukammal mos kelishini ta'minlaydi.
Shorti dizayni: yumshoq muslin matodan tikilgan shortilar, teginganda juda yoqimli, engil va nafas oladigan, oq fonda sariq gullar bilan bezatilgan.
Material: to'plam yuqori sifatli, yumshoq va tanaga yoqimli paxta materialidan tayyorlangan bo'lib, shakli va qulayligini saqlab qolish uchun elastan qo'shilgan), bu terining nafas olishiga imkon beradi. Material bardoshli va yuvinishdan keyin tashqi ko'rinishini saqlab qoladi.
Ushbu to'plam zamonaviy ko'rinish uchun tayyor echimdir. Uni sandal, krossovkalar yoki baletka variantlari bilan kiyish mumkin. Bolalar bog'chasi, tug'ilgan kunlar, fotosessiyalar yoki parkda sayr qilish uchun juda qulay.
To'plamdagi narsalar soni: 2 dona. (futbolka + yubka), (futbolka + shorti).

