• Taqdim etilgan kitoblarning hammasi O'ZBEK TILI, KIRILL ALIFBOSIDA hamda hammasi QATTIQ MUQOVALI
• Toʻq kulrang: "Qalbning davosi". Abu Homid G‘azzoliy
• Moviy: "Til ofatlari". Abu Homid G‘azzoliy
• Oq: "Kimyoi saodat". Abu Homid G‘azzoliy. Format: 17.5x24.5 sm
• Kumush rang: "Ey farzand!" Abu Homid G‘azzoliy
• Och yashil: "Qiyomat va oxirat". Abu Homid G‘azzoliy
• Oqish rang: "Zalolatdan qutulish". Abu Homid G‘azzoliy
Butun dunyoda «Hujjatul Islom» nomi bilan ulug‘lanib kelayotgan Imom Abu Homid G‘azzoliy rohimahullohning asarlari muqaddas Islom dinimizning asosini yoritib berishda necha asrlardan beri qimmatli manba vazifasini bajarib kelmoqda.
Ushbu kitobda qabr hayoti, Qiyomat va undan oldinroq voqe bo‘ladigan holatlar Qurʼon va hadisi shariflarga asoslangan holda bayon qilinadi. Shuningdek, kitobda Dajjolning chiqishi, uning sifatlari haqida ham Islom dinining hujjatlari asosida so‘z yuritiladi. Umuman, kitob har bir mo‘min-musulmon uchun zarur va kerakli manba vazifasini o‘taydi. Zero, Allohning roziligi yo‘lida Qiyomat va oxirat tadorigini ko‘rish bandaga bu dunyoda solih amallar qilmog‘i uchun berilgan bir imkoniyatdir. Bu dunyo foniy, oxirat diyori esa abadiy va boqiydir. Unda halovat topmoq uchun esa go‘zal amallar qilishga intilib yashash lozim.
Mazkur kitob solih amallaringizni yana-da go‘zal ado qilishda hamda ilmingizni boyitishda Siz azizlarga manfaatli bo‘ladi.
Ushbu kitob G‘azzoliy rahimahullohning haqqa vosil bo‘lish talabida bosib o‘tgan ko‘p yillik yo‘llarida orttirgan tajribalarining xulosa va mag‘zi jamlangan asarlari bo‘lib, u zot foydasi mo‘l bu asarlarini umrlarining so‘nggida taʼlif etganlar.
Ushbu moʻjaz risola Abu Homid G‘azzoliy rohimahullohning mazmunga boy nasihatlari hamda hikmatlarini o‘z ichiga oladi. Kitobda qalbni isloh qiluvchi fazilatlar, kishining axloqini yuksaltiradigan xislatlar haqida so‘z boradi. Risoladagi maʼnolar Qurʼon va hadisga hamda ulamolarning fikrlariga asoslanganligi bilan alohida ahamiyatga molik.
Ushbu «Qalbning davosi» nomli kitobda dunyoning yomonliklari, nafsning tarbiyasi, riyoning oqibatlari, qanoatli bo‘lish, tavozening fazilati, kibrning davosi va boshqa zaruriy mavzularda so‘z yuritilib, ular o‘quvchiga sodda va ravon uslubda bayon qilib berilgan.
Insonning qalbi doimo islohga muhtoj bo‘ladi. Shu jihatdan allomaning qalbni turli xastaliklardan davolash borasidagi izlanishlari barcha davrlar uchun dasturulamal vazifasini o‘tab kelmoqda.
Til insonga berilgan Alloh taoloning ne'matlaridan biridir. Til aslida kichik narsa bo'lsa ham, uning ibodati va isyoni kattadir. Tilning harakat maydoni esa juda keng. Unga to'sqinlik qiladigan hech narsa yo'q. Uning harakat doirasining oxiri ham, chegarasi ham yo'qdir. Yaxshilik ham, yomonlik ham kishiga undan keladi.
Buyuk olim Imom Abu Homid G'azzoliy rohimahullohning ''Afatul lisan '' nomli kitoblarini o'zbek tiliga tarjima qilingan va u ''Til ofatlari va undan saqlanish yo'llari'' deb nomlangan.
Ushbu kitobda insonning abadiy barhayot ruxi, unga asosiy ko‘makchi bo‘lmish aqli qanday ishtirok etishi ishonchli misollar yordamida ko‘rsatib berilgan. Ular tanadagi har bir aʼzoni, his-tuyg‘u va sezgini qay tariqa boshqarishi qiziqarli dalillar bilan isbotlanib, odamlar orasidagi munosabatlar zamirida ayni shu omillar yotishi xususida bizning ongu shuurimiz, tafakkurimizga kuchli ozuvqa berguchi g‘oyat teran, keng mulohaza yuritilgan.

