Kitob haqida:
Shveysariyalik mualliflar M. Krogerus va R. Cheppelerning 2008-yilda ilk bor nashr etilgan va nemis tilida 14 marta qayta nashr etilgan kitobi ko‘plab tillarga tarjima qilingan va bejizga xalqaro bestsellerga aylanmagan. U har qanday inson, ayniqsa, odamlar bilan ishlaydigan kishi duch keladigan asosiy savollarga javob beradi: nimani xohlayman va bunga qanday erishish mumkin, hayotimni qanday qilib baxtliroq, ishimni esa samaraliroq qilishim mumkin?
Mualliflar ko‘plab illyustratsiyalardan foydalangan holda, ko‘rgazmali va tushunarli shaklda turli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal qilishning 50 ta eng maqbul modelini tahlil qiladilar.
Ixcham va ishlatish uchun qulay bo‘lgan ushbu kitob sizning ajralmas maslahatchingizga aylanadi. Ishda va hayotda qanday muammoga duch kelmasligingizdan qat’i nazar, hatto o‘zingizni yaxshiroq bilishni istasangiz ham, ushbu noyob qo‘llanma sizni to‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘naltiradi.

