Amerika haqiqiy do‘zaxga aylandi.
Maxfiy laboratoriyadan o‘ta xavfli virus tarqalib ketdi. Yuz minglab, hatto millionlab begunoh insonlar halok bo‘ldi... Ammo bu hali hammasi emas. Kurashga shafqatsiz va qudratli kuchlar aralashdi. Zaif va ikkilanuvchi qalblarni o‘z irodasiga bo‘ysundira oladigan sirli hamda dahshatli bir shaxs hokimiyat uchun kurashmoqda. U kim? Qayerdan paydo bo‘ldi? Uning g‘alabasi insoniyatni nimalarga duchor qiladi? Yaxshilik va yomonlikni hali unutmagan sanoqli insonlar bu savollarga javob topishlari shart — axir, kimligini bilmagan dushmanni yengib bo‘lmaydi... "Dahshat qiroli" Stiven Kingning eng sara asarlaridan biri bo‘lmish "The Stand" romani endi yangi va to‘liq tarjimada taqdim etilmoqda!

