U Tungi saroyni — va o‘z Oliy hukmdorini — tark etib, halokatli nayrang o‘yiniga kirishdi. Bahor saroyida Tamlin Pritianni tiz cho‘ktirish bilan tahdid solayotgan bosqinchi qirol bilan bitimlar tuzmoqda, Feyra esa uning rejalarini fosh etishga qat’iy ahd qilgan. Ammo buning uchun u yolg‘on to‘rini to‘qishi kerak; bitta xato esa nafaqat Feyraning, balki uning butun dunyosining ham halokatiga sabab bo‘lishi mumkin.

