Oleg Tinkov — Rossiya biznesi olamida afsonaviy shaxs, o‘ziga xos brend hamda jo‘shqin va karizmatik yetakchi. U turli sohalarda beshta muvaffaqiyatli kompaniyaga asos solgan; biznesni noldan boshlash va uni milliardlab aylanmaga ega yirik korxonagacha kengaytirish borasida barcha nozik jihatlarni chuqur biladi. Uning yo‘lidan borib, shunday muvaffaqiyatga erishish mumkinmi? Oleg bunga qat’iy ishonadi va aynan shu bois ushbu kitobni yozgan.
Tadbirkor bo‘lish uchun nimalar talab etiladi? Faoliyat sohasini qanday tanlash va boshlang‘ich kapitalni qanday topish mumkin? Biznesga qanday nom berish kerak? To‘g‘ri kadrlarni qanday tanlab olish mumkin? Bozordan chiqish uchun eng maqbul vaqt qachon? Oleg Tinkov ushbu va boshqa ko‘plab, ayniqsa, endigina ish boshlayotgan tadbirkorlarni qiziqtiradigan savollarga javob beradi.

