Kitob haqida:
Odamlarni o‘ziga jalb qilish tuyulganidan osonroq ekan.
Bu sehrgarlik yoki tanlanganlarning in’omi emas. Atrofdagilarda unutilmas taassurot qoldirish uchun oddiy usullar tizimini tushunish kifoya.
Ta’sir psixologiyasi bo‘yicha ekspert va kommunikatsiyalar bo‘yicha eng ko‘p sotilgan kitoblar muallifi Mark Reklauning metodikasi butun dunyo bo‘ylab yuz minglab odamlarga tabiiy jozibadorlik orqali mustahkam munosabatlar o‘rnatishni o‘rganishga yordam bergan. Mark manipulyatsiya qilishni o‘rgatmaydi. U sizning ichki magnitingizni ishga solishga yordam beradi.
Ushbu kitob xarizma bo‘yicha shaxsiy murabbiydir. 62 ta oddiy qoida tufayli siz quyidagilarni o‘rganasiz:
• odamlarga birinchi soniyalardanoq yoqish;
• har qanday suhbatda ishonch va yengillik muhitini yaratish;
• ishonch bilan muloqot qilish va kerakli odamlarni o‘ziga jalb etish - ishda, do‘stlikda, muhabbatda;
• shu bilan birga o‘zligingni saqlab qolish.

