

La Nuit qalin va yumshoq ko'rpasi — sovuq tunda issiq hamrohingiz
Uyingizda haqiqiy shinamlik va qulaylik muhitini yarating. La Nuit ko'rpasi o'zining mayin baxmal matosi va qalin qatlami bilan har qanday sovuq ob-havoda tanangizni issiq tutadi va uyqu sifatini yaxshilaydi.
Asosiy afzalliklari va xususiyatlari:
- Ikki tomonlama qulaylik: Bir tomoni silliq va sifatli qavshatilgan mato, chetlari hamda ichki qismi esa quyuq va mayin mo'yna bilan qoplangan.
- Noyob dizayn: Markazida tushirilgan tuyacha va qo'ycha shaklidagi kashta naqshlari ko'rpaga o'zgacha ko'rk va milliylik uyg'unligini beradi.
- Yuvishga chidamli: Ko mezonlarga mos ravishda tayyorlangan mato rangi o'chmaydi va yuvilganda tushib ketmaydi.
- Ranglar xilma-xilligi: Har qanday interyer dizayniga mos keluvchi kulrang, jigarrang, krem (sutrang) va to'q qizil rangli variantlari mavjud.
Qayerda foydalanish mumkin?
- Yotoqxonada 2 kishilik krovat uchun
- Mehmonlar va yaqinlar uchun ajoyib sovg'a sifatida
- Sovuq fasllarda krovat ustiga yopish va shinamlik berish uchun
Parvarish bo'yicha tavsiya: 30°C haroratda nozik (deliqat) rejimda yuvish tavsiya etiladi.