Qalblardan so'rang, Hazrati Ali, Talabaning odoblari, Uni poklagan najot topur
1) Bu kitobni asalga o'xshatish mumkin. Asalari guldan gulga qo'nib, rango-rang iforlaru anvoyi shiralardan shifobaxsh asal to'plagani singgari, muallif ham turli manbalardan turfa hikmatlar va ta'sirli rivoyatlarni tergan, ba'zilariga o'zining xulosalarini ham ilova qilgan. Shu sababdan ham kitobni o'qirkansiz, ketgan vaqtingizga achinmaysiz, aksincha u sizning kundalik hamrohingizga aylanib qoladi.
2) Ochko‘z kishining hayosi, mehr-muruvvatsizning dini, aqllining faqirligi, yolg‘onchining izzati, baxilning halovati va qanoat qilguvchining g‘ami bo‘lmas.
Hazrati Ali roziyallohu anhu.
3) Ushbu moʻjazgina kitob buyuk mutafakkirlar to‘plagan hikmat bulog‘laridan sarchashma bo‘lib, undan tolibi ilmlar uchun taʼlim yo‘lida rag‘bat uyg‘otuvchi oyati karimalaru hadisi shariflar va yana Islom ulamolarining tavsiyalari o‘rin olgan. Asarni o‘qigan har bir inson jamiyat rivojining asosi bo‘lgan ilm sari talpinishiga ilm shubhamiz yo‘q.
4) Alloh taolo marhamat qiladi: “Bas, nafsga fujurini va taqvosini bildirdi. Batahqiq, kim uni poklasa, najot topur. Va batahqiq, kim uni kirlasa, noumid bo‘lur” (Shams surasi, 8-10-oyatlar)
Islom olamida sevib o‘qiladigan “Hikmatlar”ning yengil sharhi, imom Qushayriyning “Risola”si izohi va imom G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” asarlaridan “Qalb ajoyibotlari” kitobining tarjimasi ushbu risolada taqdim etilgan.
Ruhiy tarbiyaga oid hikmatlarni, ustozning misli javohir fikrlarini o‘qib, nafsning taqvosi, uning kirlanishi va bundan saqlanish, uni poklash yo‘llarini o‘rganing.

