Nashriyot - Huzur
Muqovasi - Yumshoq
Qog‘oz formati - A5
Chop etilgan yili – 2024
Til - O‘zbekcha
Yozuv - Kirilcha
Sahifalar soni - 276
Kadir Akelning «Qalbimdasan, Allohim» asarida ikki yoshning imkonsiz muhbbati qalamga olinadi. Alaz o‘ziga to‘q oilaning farzandi bo‘lsa-da, o‘z sevgisiga yetishish ilinjida suygan qizi Jonsuning uyiga bog‘bon sifatida ishga joylashadi. Ammo Jonsu boy oilaning yakkayu yagona va erka qizi bo‘lgani bois uni o‘ziga teng ko‘rmaydi, kamsita boshlaydi. Alaz uning muhabbatini qozonish uchun astoydil harakat qiladi. Turli qaltis vaziyatlarda Jonsuning yonida turib, unga dalda beradi, himoya qiladi. Bu orada ikki qalb bir-biriga yaqinlasha boshlaydi. Ammo endi hamma narsa izga tusha boshlaganda o‘rtada dunyoqarashlardagi katta farq munosabatlarga g‘ov bo‘ladi.
Ushbu to‘siqni sevishganlar qay tariqa yengib o‘tadi?
Ular birga bo‘la oladilarmi?
Muallif Kadir Akel ushbu syujet asosida o‘quvchi diqqatini mahorat bilan tutib tura oladi. Asar o‘zbek o‘quvchilariga ham tarbiyaviy jihatdan foyda beradi.

