Qalb doktori – bu Professor Muhammad Yashar Kandemir tomonidan yozilgan va uzoq yillar davomida eng ko‘p sotilgan kitoblardan biri bo‘lgan roman. Asosiy qahramon – Selim Hoji bo‘lib, o‘quvchilar uning qahramonida o‘zlaridan bir qismni topishlari mumkin.
Roman shahar bolasi Orxanning yozgi ta’tilni o‘z qarindoshlari yashaydigan qishloqda o‘tkazishi bilan boshlanadi. Orxan qisqa vaqt ichida qishloq hayotini va qishloq ahlini sevib qoladi. U Selim Hoji bilan tanishgach, uning dunyoqarashi butunlay o‘zgaradi. Selim Hoji o‘zining shirin so‘zlari bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v) haqida hikoya qilib, ko‘plab insonlarning hayotini o‘zgartiradi va asl ma’noda "Qalb doktori" bo‘lib hisoblanadi.
Bu kitobni o‘qigan har bir inson qishloq hayotini his qiladi va haqiqiy ko‘ngil doktori bo‘lishning go‘zalligini anglaydi.

