Qalayli va suv o‘tkazmaydigan termoqisqaruvchi sim ulagichlar to‘plami (50 dona / 200 dona)
Ichki qismida erituvchi qalay halqasi va termo-yelim mavjud bo‘lgan ushbu Termoqisqaruvchi gilzalar kavsherlagichsiz (payalniksiz) birgina harakat bilan simlarni sifatli ulaydi, kavsherlaydi, izolyatsiya qiladi va namlikdan to‘liq himoyalaydi.
To‘plamlar tarkibi
RangiSim kesimi (mm²)Standart (AWG)50 talik to‘plam200 talik to‘plamOq0.2–0.35 mm²26–24 AWG10 dona40 donaQizil0.5–1.0 mm²22–16 AWG25 dona80 donaKo‘k1.5–2.5 мм²16–14 AWG10 dona60 donaSariq4.0–6.0 мм²12–10 AWG5 dona10 donaQora2.5–4.0 мм²——10 donaQutiPlastik organayzer—1 dona1 dona
Asosiy afzalliklari
- 3-si-1-da texnologiyasi: Qizdirilganda qalay halqasi eriydi va simlarni kavsherlaydi, gilza torayib qisqaradi va ichki yelim ulanish joyini to‘liq zichlaydi.
- Namlik va korroziyadan himoya: Suv o‘tkazmaydigan germetik ulanish simlarni zanglash, suv, tuz va kirdan saqlaydi.
- Oson va tez montaj: O‘rnatish uchun qurilish feni yoki gaz gorelkasi yetarli (ehtiyotkorlik bilan zajigalkadan ham foydalanish mumkin).
- Shaffof qobiq: Qalayning erish darajasi va simlarning birikish sifatini vizual nazorat qilish imkonini beradi.
- Rangli kodlash: Har bir rang ma'lum bir sim qalinligiga to‘g‘ri keladi.
Qo‘llash sohasi
- Avtoelektr: Avtomobil simlarini ta'mirlash, fara, avtoakustika, signalizatsiya va boshqa jihozlarni ulash.
- Ro‘zg‘or va ta'mirlash: Uy ichidagi kabel va lyustralarni, suv nasoslari hamda bog‘ texnikalarini ulash.
- Elektronika va sanoat: Datchiklarni montaj qilish, shitlarni yig‘ish va turli uskunalar ichidagi simlarni biriktirish.
Foydalanish tartibi
- Simlarning uchki qismidan 7–10 mm izolyatsiyani tozalang.
- Sim diametriga mos keladigan gilzani simning bir tarafiga kirgazing.
- Ikkala simning ochiq uchlarini bir-biriga buring (buralma hosil qiling).
- Gilzani qalay halqasi buralgan simning o‘rtasiga keladigan qilib suring.
- Qurilish feni bilan bir maromda qizdiring (qalay 138 °C dan boshlab eriydi). Qalay to‘liq erib simlarga tarqalguncha va chetlaridan yelim chiqib zichlanguncha aylantirib qizdiring.