Issiqqa chidamli borosilikat shishadan tayyorlangan idish ichimlikning tabiiy ta’mi va hidini saqlab qoladi. Zanglamaydigan po’lat filtr mayda choy barglari yoki qahva kukunini samarali filtrlab, tiniq va mazali ichimlik tayyorlash imkonini beradi. Ergonomik tutqichi qulay ushlashni ta’minlaydi.
Mahsulot 2 xil rangda ishlab chiqarilgan: Oltin (Gold) va Pushti oltin (Rose Gold). 1000 ml sig’imi tufayli bir vaqtda 6–8 piyolagacha ichimlik tayyorlash mumkin. Uy, ofis, mehmon kutish va sovg’a uchun ajoyib tanlov hisoblanadi





