Issiqlikka chidamli shishadan tayyorlangan ushbu turka nafaqat xushbo'y qahva pishirish, balki turli o'tli choylarni damlash hamda sut isitish uchun ham universal yordamchidir.
Bambukdan ishlangan qopqog'i va qulay shakldagi bezakli dastagi foydalanishda qulaylik va estetik ko'rinish beradi.
Gaz plitasida ishlatganda olov shisha tubidan tashqariga chiqib ketmasligi uchun o'rta olovda qaynatish tavsiya etiladi.
Shisha korpus harorat o'zgarishiga chidamli bo'lsada, keskin issiq yoki keskin sovuq harorat ta'siridan (masalan, issiq shishaga sovuq suv quyishdan) saqlash lozim.
Dastak va qopqoqdagi dekorativ elementlarni saqlab qolish uchun mahsulotni idish yuvish mashinasida emas, balki qo'lda idish yuvish geli bilan yuvish tavsiya qilinadi.

