• 100% tabiiy arabika
• Kelib chiqishi Keniya
• O‘zbekistonda yangi qovurilgan
• O`zgacha ta’m
• Muvozanatli nordonlik
• Barcha damlash usullari uchun mos
• Kuchli aroma va sof ta’m
• 250 g va 500 g qadoq — uy va ofis uchun qulay
Mad Lads Coffee Roastery Keniyadan keltirilgan donali qahvasi — bu 100% arabika bo‘lib, ayniqsa filtr qahva ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan. Donlar yuvilgan (washed) usulda qayta ishlanadi, bu esa qahvaning tabiiy ta’mini to‘liq ochib beradi va tozaligini saqlaydi.

Ta’mida qamish shakari, jigarrang shakar, quritilgan mevalar va yengil karamel notalari uyg‘unlashgan. Muvozanatli kislotalilik, yumshoq tanasi va toza aftertaste uni V60, Chemex, Kalita, tomchilatib pishirish qurilmalari va french press uchun ideal qiladi.




