Kitoblar muallifi: Qahramon Rajabov
Muqova: Qattiq
Yil: 2026
Nashriyot: "Fan"-"Ochun"
"O'zbekistonda siyosiy jarayonlar 1917-1991"-368 bet
"Sharof Rashidov"- 208 bet
"Turkistonda Ocharchilik 1917-1924"- 320 bet
"O'zbekistonda kommunistik boshqaruv va maxfiy xizmat 1917-1991"- 192 bet
Qisqacha ma'lumot:
O'zbekistonda siyosiy jarayonlar 1917-1991
Oʻzbekistonning chorakam bir asrlik sovet davrida yuz bergan siyosiy jarayonlar, shiddatli oʻzgarishlar, Kreml va Tuproqqoʻrgʻonda hokimiyat uchun kechgan shafqatsiz va pinxona kurashlar, oʻn millionlab kishilar qismati va taqdiriga taʼsir koʻrsatgan kommunistik mafkura va dahriylik siyosati, sovet davlatida yashagan «yagona sovet xalqi» yoxud «sovet kishisi»ning asl qiyofasi va dunyoqarashi haqida juda oz gapirildi. Mazkur kitob Oʻzbekiston tarixidagi ana shu boʻshliqni toʻldirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Sharof Rashidov
Mazkur monografiya oʻzbek xalqining atoqli davlat arbobi va mashhur yozuvchi Sharof Rashidovich Rashidov (1917–1983) hayot va mashhur yozuvchi Sharof Rashidovich Rashidov hayot yoʻli haqida boʻlib, unda siyosiy arbobning serqirra faoliyati yoritilgan. Sharof Rashidov davri tarixi — bu oʻzbek xalqining XX asr ikkinchi yarmidan mustaqillikkacha boʻlgan davri tarixi hisoblanadi. Bu tarix anʼanaviylik bilan modernizatsiya, islom dini bilan kommunistik dahriylik oʻrtasidagi kurash tarixidir. Bu kurash adabiyot va sanʼatni, fan va maorifni, milliy ong va eʼtiqodni, kundalik turmush va urf-odatlarni, xullas, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan va butun XX asr boʻylab davom etgan chinakam kurash davri edi.
Kitob Oʻzbekiston tarixi hamda davlat arboblari va siyosiy liderlar faoliyati bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga moʻljallangan.
Turkistonda Ocharchilik 1917-1924
Mazkur monografiyada Turkistonda sovet hokimiyati yuritgan notugʻri iqtisodiy siyosat va bolsheviklarning davlat boshqaruvi arxiv hujjatlari hamda boshqa tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston tarixida ilk marta Turkistonda 1917–1924 yillarda yuz bergan oziq-ovqat qahatchiligi hamda ocharchilik muammosi va uning dahshatli oqibatlari haqqoniy tarzda koʻrsatib berilgan.
Kitob Oʻzbekiston tarixi va iqtisodiyoti bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar eʼtiboriga moʻljallangan.
Mazkur monografiya Oʻzbekiston FA Tarix instituti Ilmiy Kengashining 2026 yil 12 fevralga navbatdan tashqari qarori bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etildi.
O'zbekistonda kommunistik boshqaruv va maxfiy xizmat 1917-1991
Oʻzbekistonda sovet davrida Oʻzbekistonda kommunistik partiya boshqaruvi hamda xavfsizlik xizmati tarixi haqida soʻz yuritiladi. Muallif arxiv hujjatlari, xotiralar va boshqa tarixiy manbalar hamda adabiyotlar tahlili orqali 1917–1991-yillarda oʻzbek xalqining totalitar sovet rejimining ikki qudratli kuchi ostida kechirgan ogʻir hayotini koʻrsatib beradi.
Kitob Oʻzbekistonning sovet davri tarixi hamda xavfsizlik idoralari faoliyati bilan qiziquvchi barcha oʻquvchilarga moʻljallangan.
Mazkur monografiya Oʻzbekiston FA Tarix instituti Ilmiy Kengashining 2026-yil 12-fevraldagi navbatdan tashqari qarori bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etildi.

