PVS 3x1,5 mm² simi maishiy texnika, elektr asboblari, koʻchma yoritgichlar, yerga ulash (zazemleniye) kontaktiga ega uskunalarni tarmoqqa ulash hamda hisoblangan yuklama doirasida uzaytirgichlar (udlinitel) yasash uchun moʻljallangan.
Sim konstruksiyasi PVX izolyatsiyali va umumiy oq rangli PVX qobiqqa ega boʻlgan uchta koʻp simli mis tomirlardan iborat. Sim egiluvchanligini saqlaydi, yotqizish uchun qulay hamda maishiy, tijorat va ustaxona sharoitida shnurlar yigʻish va uskunalarni ulash uchun mos keladi.
Xavfsiz foydalanish uchun: Toʻgʻri keladigan vilka, rozetka, klemma va avtomatik himoya vositalaridan (avtomat) foydalaning. Sim kesimini ulanadigan uskunaning quvvati va liniya uzunligiga qarab tanlang.

