• PVA YELIM
• Sifatli PVA kley
• Qog'oz, karton va kanselariya uchun yelim
• Ofis, uy va maktabda ishlatish uchun juda qulay yelim
• Hidsiz, va inson hayotiga zararsiz yelim
Maktabda, uyda va ofisda foydlanish uchun juda qulay bo’lgan Sifatli PVA yelim. Bu yelim bilan siz – qog’oz, karton, koja, yog’och, tekistil maxsulotlari hamda boshqa ko’plab buyumlarni yopishtirishingiz mumkin. Aplikatorli aylana qopqoq esa yelimni aniq va bir me’yorda taqsimlash imkonini beradi. Yelimdan yetarlicha quyilib, to’g’ri foydalanilsa, buyum deformatsiya bo’lmaydi. Tarkibida “Toksik” (zaharli) komponentlar mavjud emas. Inson qo’li, tanasi yoki keraksiz joyga behos tegib ketganda, oson tozalaniladi (yuviladi). Sifatli yelim – hidsiz va inson hayotiga havfsizdir. Ammo uni ichish (yeyish) oshqozonga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli 5 yoshdan kichik bolalarga bermaslik tavsiya etiladi.
Eslatib o’tamiz: Temir, plasmassa, shisha va boshqa buyumlar uchun yelimlarni maxsulotlarimiz orasidan topishingiz mumkin.
Qo’llanishi: Qo’llashdan avval, yelim surtiladigan joyni quruqligiga ahamiyat qarating
Yelim surtiladigan joyni jang va keraksiz mayda chiqindilardan tozalang.
Yelimni surtib bo’lgandan so’ng, ikki buyumni (yoki yoriqni) qattiq siqib 2-3 daqiqa ushlab turing yoki biron bir og’ir buyum ostida qoldiring. Qog’oz, karton va boshqa yengil buyumlarda bunday qilish ixiyoriy.
Yelim butunlay qotishi - yelimlanayotgan buyum va joyga qarab 2 daqiqadan 10 daqiqagacha bo’lishi mumkin.

