Uzuk mis asosda tayyorlangan, yuzasiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Iliq tus yorugni yaxshi ushlaydi va qolni ortiqcha detalsiz bezaydi. Uni kopincha kechki chiqishlarga tanlashadi: libos, kostyum yoki uzun yengli bluzka bilan yarashadi. Shu bilan birga uzuk ogir korinmaydi, oddiy ish kuniga ham mos keladi. Bezak oddiy parvarish bilan uzoq xizmat qiladi: suvda taqmang, ustiga atir va krem surtmang, uyqu hamda tozalash ishlaridan oldin yeching. Taqqandan keyin quruq salfetka bilan artib, alohida qutichada saqlang.

