PSYLLIUM (Yo'lbargiz urug'i qobig'i) — tabiiy o'simlik tolalariga boy oziq-ovqat mahsuloti. Psyllium tarkibidagi eruvchan tolalar suvni o'ziga singdirib, jel hosil qiladi va ovqat hazm qilish tizimining me'yoriy faoliyatini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi.
Mahsulot sog'lom ovqatlanishga amal qiluvchilar, parhez tutuvchilar hamda kunlik tolani ko'paytirishni istovchilar uchun mos keladi.
Afzalliklari
• Tabiiy tozza mahsulot
• Yuqori miqdordagi oziq tolasi
• Ichak faoliyatini me'yorlashtirishga yordam beradi
• Ovqat hazm qilish jarayonini qo'llab-quvvatlaydi
• To'qlik hissini uzoqroq saqlashga yordam beradi
• Sog'lom ovqatlanish ratsioniga mos
Qo'llash usuli
1–2 choy qoshiq psylliumni 200–250 ml suv, kefir, yogurt yoki sharbatga aralashtirib 20 daqiqaga qoldiring. Tabiiy mevalar bilan boyiting va maroq bilan iste'mol qiling. So'ng qo'shimcha 1 stakan suv ichish tavsiya etiladi.
Tarkibi: Psyllium (Plantago ovata) urug'i qobig'i.
Saqlash sharoiti: Quruq va salqin joyda, quyosh nurlaridan himoyalangan holda saqlang.




