• Neytral ta’mga ega – har qanday ichimlik va ovqatga qo‘shish mumkin
• Suv bilan birikkanida gel holatini oladi
• Ovqat hazm qilishni engillashtiradi
• Sifatli maxsulot – kimyoviy moddalarsiz, tabiiy
• Vaznini nazorat qilishda tabiiy yordamchi
Psyllium — organizm uchun eng foydali tabiiy tolalardan biri bo‘lib, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, vaznni boshqarishda yordam beradi va ichak faoliyatini tartibga soladi. Kundalik ovqatlanishga qo‘shish juda oson — suyuqlik bilan tez birikib, gel holatiga keladi va organizmni yumshoq tozalaydi.
1 choy qoshiq psylliumni 200 ml suv, sharbat, yogurt, kefir yoki o‘zingiz istagan har qanday ichimlikka aralashtiring (bir oz asal qo‘shsangiz, ta’mi yanada ajoyib bo‘ladi).
Aralashmani 4–5 daqiqa qoldiring — u gel holatiga o‘tadi.
Keyin uni turli mevalar bilan boyitib, zavq bilan iste’mol qilishingiz mumkin!

