
Ushbu ko‘p funksiyali organayzer uyda tartib va qulaylik yaratish uchun ideal yechim hisoblanadi. Konstruktsiyasi mustahkam metall karkasdan tayyorlangan bo‘lib, matoli tortmalari yengil va sig‘imli. Yuqori qismidagi ilgichlar kiyim, shlyapa, sumka va aksessuarlarni osib qo‘yish uchun mo‘ljallangan.
4 ta keng tortma kiyim-kechak, hujjatlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari yoki boshqa mayda narsalarni saqlash imkonini beradi. Ixcham dizayni sababli kirish yo‘lagi, yotoqxona yoki ijaradagi uylar uchun juda qulay. O‘rnatish oson, joy egallashi kam va interyerga zamonaviy ko‘rinish beradi.
Afzalliklari:
• Mustahkam metall karkas
• 4 ta katta sig‘imli tortma
• Yuqori qismida kiyim ilgichlari
• Ixcham va zamonaviy dizayn
• Oson yig‘iladi



