Butun maktab uchun u Gibsi. Hech narsaga - o‘qishga ham, sportga ham, qizlarga ham jiddiy qaramaydigan hazilkash va bezori.
Kler uchun esa u Jerard. Ular birga o‘sgan qo‘shni. Oilaviy fojiadan sindirilgan va dahshatli tungi tushlar bilan qiynalgan bola. Birinchi chin muhabbat.
U haqda hamma narsani biladiganga o‘xshaydi. Faqat bir narsadan tashqari: nima uchun uning unga bo‘lgan his-tuyg‘ulari haqidagi so‘zlari harakatlaridan farq qiladi.
Jerard qayta-qayta Klerdan Gibsi niqobi ortiga yashirinadi. Qayta-qayta unga yo‘l izlaydi, bolalikdagi isyonkor do‘stini qayta-qayta qo‘lga o‘rgatishga urinadi.
Agar oxirigacha ochilib gapirsam, Klerdan ayrilib qolmasmikanman, degan fikr miyasini chulg‘ab olgandi. Ular o‘rtasida mo‘rt muvozanatni saqlab qolish yaxshimi yoki kattaroq umid bilan hammani xavf ostiga qo‘yishmi?

