Tensel va paxta matoli presslangan yuz niqobi – 50 dona (+ namlash uchun idishcha +2ta sinov niqobi)
Yuz parvarishi uchun qulay va gigiyenik presslangan yuz niqobi. Ekologik toza tensel va yumshoq paxta matodan tayyorlangan. Niqoblar essence yoki tonikni tez shimib, terini chuqur namlantiradi, havo o‘tkazuvchan tuzilishi esa teriga yengillik beradi.
✅ Bir martalik va gigiyenik
✅ Namlantiruvchi va qulay
✅ Safar va uy sharoitida foydalanish uchun ideal
Paxtali niqob haqida ko'pchilik bilgani uchun tensel matoli niqoblar haqida biroz malumot qoldiramiz.
Tensel evkalipt daraxti sellyulozasidan olinadi. Bu tabiiy xom ashyodan tayyorlangan, ekologik toza bo‘lgan tolaga kiradi.
Material gipoallergen bo‘lib, uning ishlab chiqarilishi xavfsiz erituvchilar ishlatilishi tufayli eng ekologik jarayonlardan biri hisoblanadi.
Mato namlikni yaxshi shimadi va tezda bug‘latadi, shuningdek, havo o‘tkazuvchanligi bilan ajralib turadi. Bu esa har faslda qulaylikni ta’minlaydi (yozda salqinlik, qishda issiqlik).
Tensel mustahkam tolalardan bo‘lib, yirtilmaydi va uzoq vaqt davomida o‘z tashqi ko‘rinishini saqlab qoladi.

