Press uchun 4 va 2 g‘ildirakli trenajyor — uy sharoitida qorin, bel va qo‘l mushaklarini qisqa vaqtda kuchaytirishga yordam beradigan xavfsiz va barqaror sport jihozi. Qaytish mexanizmi tufayli mashqlar ancha yengil, nazoratli va samarali bajariladi. Keng tutqichlar qo‘llarni charchatmaydi, og‘irlikni teng taqsimlaydi va jarohatlanish xavfini kamaytiradi. 4 va2 g‘ildirakli konstruksiya oddiy roliklarga nisbatan ancha barqaror bo‘lib, yangi boshlovchilar uchun ham ideal. Kuniga atigi 5–10 daqiqa mashq qilish orqali press mushaklari ko‘rinadi, bel mustahkamlanadi va umumiy jismoniy tayyorgarlik oshadi. Uyda, sport zalida yoki ofisda foydalanish uchun qulay va ixcham model.

