Prada ning Paradoxe atiri — zamonaviy ayollik, nafislik va o‘ziga xos xarakter uyg‘unligidan yaratilgan floral-amber kompozitsiya. Ushbu hid nok, mandarin va kalabriya bergamoti notalari bilan ochilib, ilk soniyalardanoq yorqin, fresh va nihoyatda jozibador aura yaratadi. Keyinchalik apelsin guli, neroli va yasmin akkordlari qo‘shilib, aromaga noziklik hamda ayollarga xos nafislik baxsh etadi. Baza qismida ambrofix, mushk va benzoin notalari iliq, zamonaviy va uzoq saqlanuvchi shleyf hosil qiladi.
Paradoxe o‘zining yorqin, zamonaviy va juda compliment yig‘uvchi xarakteri bilan ajralib turadi. Bu atir o‘ziga ishongan, nafis uslubni qadrlaydigan va kundalik hayotda ham, maxsus lahzalarda ham e’tiborni tortishni istaydigan ayollar uchun yaratilgan.
Notalari:
Kayfiyati: floral, fresh, feminine, elegant va modern.

