• Issiqlikka chidamli va mustahkam xomashyodan qilingan. Korpusdagi maxsus teshiklar orqali havo va issiqlik almashinuvi osonlashadi. 360 gradusda quritish sistemasi ko'r zonalarsiz hamma qismni bir xil quritishga yordam beradi
• Maxsus ko'mir bo'lakchalari yoqimsiz hidlarni o'ziga so'rib oladi.
• UF nurlar va ozon O3 bakteriyalar va zamburug'larni 99% yo'q qiladi
• Butun oila uchun mos keladi.
• Hamma turdagi oyoq kiyimlari, paypoqlar, qo'lqoplar uchun mo'ljallangan
• Sensorli zamonaviy boshqaruv
• 2 xil rejim bor: tez va sekin quritish
• Vaqt boshqaruvi (siz belgilagan vaqtdan so'ng avtomatik tarzda o'chadi)
• Harorat maxsus chip bilan nazorat qilinadi. Siz belgilagan harorat saqlanib turadi, qizib yoki sovub ketmaydi
• Quritgich uzunligini oyoq kiyim o'lchamiga qarab moslash mumkin
Sovuq va nam mavsumda oyoqlaringiz uchun qutqaruvchi mahsulot.
Nega oyoq kiyimlar uchun quritgich zarur: yomg'ir va qorli, nam, chang ob-havo sharoitida poyabzallar tez ifloslanadi, nam bo'ladi, eskiradi va o'zidan yoqimsiz hid tarqatishni boshlaydi. Pechka, radiator yoki isitgich yonida quritish esa oyoq kiyim tez ishdan chiqishiga, namlik oxirigacha ketmasligiga va buning oqibatida bakteriya va zamburug'lar ko'payib inson sog'ligiga zarar yetkazishiga olib keladi.
Hamma turdagi oyoq kiyimlar, paypoqlar, qo'lqoplar uchun mos keladi.

Sensorli boshqaruv tizimi juda oson va qulay, bor yo'g'i bir nechta qo'l bilan teginish va uskuna ishga tushadi.
2 xil rejim mavjud: Agar siz shoshilayotgan bo'lsangiz "TEZ QURITISH" rejimida, poyabzalingiz nozik xomashyodan qilingan bo'lsa "SEKIN QURITISH" rejimida apparatimizdan foydalanishingiz mumkin. Havo va issiqlik 360 gradusda almashinib turishi sababli oyoq kiyimning hamma qismi bir xilda quriydi, hatto burchaklar va uchki qism ham.

VAQT BOSHQARUVI: o'zingizga mos vaqtni tanlang va apparat belgilangan vaqtdan so'ng o'zini o'zi o'chiradi.
HARORAT BOSHQARUVI: quritgichimiz maxsus chipga va korpus bo'ylab teshiklarga ega bo'lib, u harorat doimiyligini nazorat qiladi, havo almashinuvi ta'minlanadi, bunda uskuna sovib yoki qizib ketmaydi va harorat bir xil saqlanadi. Uskunamizning o'zi ham issiqlikka chidamli xomashyodan tayyorlangan.

TAYANCHLAR UZUNLIGINI O'ZGARTIRISH mumkin, bu esa uzun oyoq kiyimlar uchun ham (masalan sapoglar) juda qulay.

MAXSUS KO'MIR BO'LAKCHALARI hidlarni o'ziga tortib oladi va musaffolikni ta'minlaydi.
ULTRABINAFSHA NURLAR VA OZON O3 bakteriya va zamburug'larni 99% yo'q qiladi va kasalliklar oldini olish va davolashda juda foydali.

Agar faqat 1 juft oyoq kiyimni quritish kerak bo'lsa 2-tayanch shtativni o'chirib qo'yish mumkin. Buning uchun yon qismdagi tillarang buragichni burash kifoya.

Yig'ib qo'yish, sumkada yo'lda ham olib yurish mumkin.

ULASH VA TAYYORLASH:
1. tekis va quruq joyga joylashtiring.
2. quritgich tayanchiga poyabzalni chuqurroq joylashtiring.
3. kabel va vilka quruq va soz holatdaligini tekshiring.
4. elektr tarmog'iga qurilmani ulang.
5. o'zingizga mos vaqt va rejimni tanlang (namlikka qarab 1dan 6 soatgacha)
6. ishlatib bo'lgach tokdan uzing va kiyimni oling.
EHTIYOT CHORALARI:
1. tashqarida va nam joyda ishlatmang.
2. quritgich ustiga suyuqlik to'kilishiga yo'l qo'ymang.
3. uskuna ustini buyumlar bilan yopib qo'ymang.
4. shikastlangan uskunani ishlatmang.
5. uzoq vaqt qarovsiz qoldirmang.
PARVARISH:
1. ishlatib bo'lgach elektr tarmog'idan uzib sovishini kuting.
2. quruq, quyosh nurlari tushmaydigan joyda saqlang.
3. kimyoviy vositalar va nam matolardan tozalash uchun foydalanmang.

