ONEP poyabzal shkafi — Koridoringiz uchun mukammal tartib va zamonaviy uslub!
Uyingizga kirish qismini yanada shinam, ozoda va tartibli qilishni xohlaysizmi? ONEP poyabzal javoni aynan siz uchun yaratilgan!
Nega aynan ONEP poyabzal shkafini tanlash kerak?
- To‘liq yig‘ilgan holda yetkaziladi: Sizga hech qanday uskuna, vintlar yoki yig'ish bo'yicha murakkab ko'rsatmalar kerak emas. Shkafni qadoqdan chiqarasiz va darhol ishlatasiz!
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan: Ortqacha ustamalar va vositachilarsiz eng maqbul narx hamda premium sifat.
- Yuqori sifatli Rossiya LDSP materiali: Mustahkam, namlikka va tirnalishga chidamli, uzoq yillar davomida ko'rinishini yo'qotmaydi.
- Keng sig'im va ixchamlik:
- O‘lchamlari: Balandligi — 150 sm, Kengligi — 50 sm, Chuqurligi — 30 sm.
- Tuzilishi: Poyabzallarni tartibli joylashtirish uchun 6 ta keng javon hamda kichik buyumlar (kalitlar, poyabzal kremi, qoshiqchalar) uchun 1 ta qulay tortma g'aladon.
Zamonaviy dizayni va universal ranglari tufayli har qanday interyerga mos tushadi. Poyabzallaringizni changdan va ko'zdan panada asraydi.