G'ilof qanday materialdan tayyorlangan?
Suv o'tkazmaydigan, cho'ziluvchanlikka ega mustahkam silikon (rezina) materialdan tayyorlangan.
Oyoq kiyim hajmini qanday tanlash kerak?
O'zingizning poyabzal o'lchamingizga mos ravishda tanlaysiz. Agar qalin krossovka bo'lsa, bir yoki ikki o'lcham kattasini olish tavsiya etiladi.
G'ilof yo'lda kiyib yurilganda sirpanmaydimi?
G'ilofning ostki qismi maxsus protektorli va sirpanishga qarshi relyefli qoplamaga ega.
Ushbu g'ilofni bir necha bor ishlatish mumkinmi?
Ha, bu mahsulot ko'p marotaba ishlatish uchun mo'ljallangan. Foydalanib bo'lgach, suvda yuvib quritish kifoya.
Har qanday poyabzalga tushadimi?
Krossovka, keda va tekis poyabzallarga mos keladi. Baland poshnali yoki o'tkir burunli poyabzallarga tavsiya etilmaydi.
Yirtilib ketish ehtimoli bormi?
Chidamli silikondan ishlangan, lekin o'tkir toshlar, mixlar va poshnalar tegishidan ehtiyot qilish kerak.
Ishlatgandan keyin qanday parvarish qilinadi?
Ishlatib bo'lgach, oddiy suv bilan yuviladi va xona haroratida quritiladi.
Olib yurish uchun og'irlik qilmaydimi?
Yo'q, g'ilof juda yengil va buklanib taxlanganda kam joy egallaydi.
Qishki qalin poyabzallarga ham to'g'ri keladimi?
Qishki qalin va katta etiklar uchun mos kelmasligi mumkin, krossovka va kuzgi poyabzallar uchun ideal.
Bu g'ilof sizga o'zingiz yoqtirgan oyoq kiymingizni hohlagan joyingizga kiyib borishingizga imkoniyat yaratib beradi!

