Ushbu kitobda quyidagilarni topmaysiz:
– o‘z o‘rniga qo‘yilgan vergullarni,
– sayqallangan nasriy bayonni,
– tilga olingan har bir veb-sayt nomining to‘g‘ri yozilishini,
– keltirilgan barcha qo‘shimcha manbalarga olib boruvchi ishlaydigan havolalarni,
– mukammallikni.
Biroq, sizni PR-mutaxassisning hayoti va amaliyoti aynan boricha kutmoqda:
– jo‘shqin,
– yengil va erkin,
– ishtiyoqqa to‘la.
Kitobda uchramaydigan bu jihatlar ma’lumotlar tezroq yuzaga chiqishi uchun ataylab va shafqatsizlarcha qurbon qilindi. Men esa bor ma’lumotni "yukdan xalos etib", yangi g‘oyalar ustida ishlashga o‘tdim.
Yangiliklar kundan-kunga yomonlashib bormoqda. Bizneslar bo‘g‘ilmoqda. Ishlashga bo‘lgan ishtiyoq yo‘qolgan. Inqiroz — barcha alomatlari bilan. Biz kurashishimiz kerak! Mana, mening kurashim — 99 ta qoidada jamlangan.

