LG XBOOM XL7S — kuchli ovoz va yorqin yoritishga ega premium portativ kolonkasi. 250 W quvvat va 8 dyuymli past chastotali dinamik chuqur bass hamda hajmli ovoz yaratadi. Dynamic Pixel Lighting va rangli LED halqa yoritishi har qanday bazmni haqiqiy party shouga aylantiradi.
Teleskopik tutqich va g‘ildiraklari sababli kolonkani istalgan joyga oson olib yurish mumkin. Bluetooth 5.1 texnologiyasi barqaror simsiz ulanishni ta’minlaydi, 18 soatgacha ishlash vaqti esa outdoor va karaoke kechalari uchun ideal imkoniyat yaratadi.







