Porshen — bu dvigatel silindrining ichida yuqoriga-pastga harakatlanadigan metall detal bo‘lib, yonish jarayonida hosil bo‘lgan bosimni krank valiga uzatadi.
Uning vazifasi:
- Yonilg‘i-havo aralashmasini siqish
- Portlashdan hosil bo‘lgan bosimni pastga uzatish
- Ish jarayonini krank-shatun mexanizmiga o‘tkazish
- Silindrni germetik yopib turish
Porshen qanday bo‘ladi?
- Alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi
- Yuqori qismi — porshen tubi
- O‘rtasida kompressiya halqalari uchun o‘rinlar bo‘ladi
- Pastki qismida porshen barmog‘i o‘rnatiladi