• Ushbu lab bo‘yog‘i to‘plami zamonaviy ayollar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u nafislik va qulaylikni o‘zida mujassam etgan. To‘plamning eng birinchi diqqatga sazovor jihati — uning original dizayndagi g‘ilofidir.
Kreativ lab shaklidagi g‘ilofga joylangan, 3 xil turdagi lab vositasini o‘z ichiga olgan eksklyuziv to‘plam. To‘plamdan lab qalami, namlovchi jilo va mat rangli suyuq pomada olingan bo‘lib, ular mukammal "nude" va pushti ranglar uyg‘unligini ta’minlaydi.

