Polo Ralph Lauren Premium Qishki Shapka-Bini — sovuq mavsum uchun mo‘ljallangan zamonaviy va nafis aksessuar. Klassik dizayn, sifatli to‘qima va Signature Pony firmasiga xos kashtasi modelga premium va o‘ziga xos ko‘rinish beradi.
Shapka jun aralashmasidan tayyorlangan bo‘lib, sovuq havoda issiqlikni saqlashga yordam beradi. Elastik to‘qimasi bosh shakliga moslashib, qulay va yoqimli kiyinishni ta’minlaydi.
Uniseks model sifatida shapkadan erkaklar ham, ayollar ham foydalanishlari mumkin. Minimalistik va klassik dizayni kurtka, пухovik, palto, dublyonka hamda kundalik kiyimlar bilan oson uyg‘unlashadi.
Shapka kundalik sayrlar, ishga borish, sayohatlar, shahar bo‘ylab yurish va qishki dam olish uchun juda mos. Uni turli xil qishki ustki kiyimlar bilan kombinatsiya qilish mumkin.
Mahsulot xususiyatlari:
Polo Ralph Lauren Premium Shapka-Bini — qishki obrazingizga issiqlik, qulaylik va klassik premium uslubni qo‘shadigan universal aksessuar.

