Ish joyingizda muhim loyihani topshirish, to‘g‘ri ovqatlanishni boshlash, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanish, kerakli odamlar bilan aloqa o‘rnatish, o‘zingizni ijodda namoyon etish, o‘z farzandlaringiz bilan til topishish oson emas. Iroda kuchi - qo‘yilgan maqsadlarga erishish va qiyinchiliklarni yengib o‘tishga imkon beruvchi asosiy manba. Agar qaror qabul qilishda qat’iyat yetishmasa-yu, hayotda ko‘proq yutuqlarga erishishga ishtiyoqingiz bo‘lsa, ushbu kitob siz uchun. Norvegiyaning Shimoliy universiteti menejment professori Tom Karp klassik va zamonaviy falsafiy nazariyalar, so‘nggi sotsiologik va psixologik tadqiqotlar natijalariga tayanib, iroda kuchini mashq qildirish usulini ishlab chiqdi. Muallif sizni hayot tarzingizni tubdan o‘zgartirishga undamaydi, balki o‘z ustingizda ishlashni qayerdan boshlash va muayyan usullar yordamida natijani qanday qilib to‘g‘ri mustahkamlash haqida so‘z yuritadi.
Kitob haqiqiy muammolarni hal qiladigan oddiy odamlarga mo‘ljallangan.

