Pellet Hot Wax — depilatsiya uchun mo‘ljallangan professional donachali issiq mum vosk bo‘lib, teridan ortiqcha tuklarni samarali va og‘riqsiz olib tashlashga yordam beradi. Mum tez eriydi, teriga bir tekis yopishadi va tuklarni ildizi bilan sug‘urib oladi.
Bu mum qog‘ozsiz (stripless) ishlatiladi, shuning uchun juda qulay va iqtisodiy hisoblanadi. Sezgir teri uchun ham mos bo‘lib, terini kam bezovta qiladi va qizarishni kamaytiradi. Natijada teri silliq, yumshoq va toza bo‘lib qoladi.
Uy sharoitida ham, professional salonlarda ham foydalanish mumkin. Doimiy ishlatilganda tuklar sekinroq o‘sadi va yupqalashadi.

