• Ong osti hamma narsaga qodir, Jon Kexo
1975-yilda Jon Keho inson miyasi ishlashining ichki mexanizmlarini o‘rganish va anglash maqsadida tsivilizatsiyadan uzoqlashib, uch yilga o‘rmonga yashashga ketdi. Turli xil ilmiy va ma’naviy manbalardan ma’lumot to‘plab, shuningdek, shaxsiy kuzatuvlari va tajribasiga tayanib, Keho miya quvvatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining ilk sodda va juda muvaffaqiyatli dasturini ishlab chiqdi.
1978-yilda u ushbu ishlab chiqilgan tamoyillar asosida odamlarga ta’lim bera boshladi va 1980-yilga kelib uning ma’ruzalari butun dunyo bo‘ylab ulkan muvaffaqiyat qozondi.
So‘nggi yigirma yil davomida Keho o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Hozirgi vaqtda u rafiqasi bilan Tinch okeanining shimoli-g‘arbiy sohilida istiqomat qiladi, kitoblar nashr etishda va ma’ruzalar bilan chiqishda davom etmoqda.

