“PM-maktabiga 1-bosqich testlar va Al-Xorazmiy maxsus testlar” kitobi Prezident maktablari hamda Al-Xorazmiy maktabiga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. To‘plamda 50 ta variant testlar jamlangan bo‘lib, matematika, mantiqiy fikrlash, IQ va muammoli masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Savollar imtihon formatiga yaqin tarzda tuzilganligi sababli o‘quvchilar o‘z bilimini mustahkamlashi va test ishlash tezligini oshirishi mumkin. Mustaqil tayyorlanish, qo‘shimcha mashg‘ulotlar va repetitorlik darslari uchun qulay qo‘llanma hisoblanadi.

