Kichkina qizaloq haqiqatan ham otni qo‘lida ko‘tarib yura oladimi? Tasavvur qilib ko‘ring-a — u buni uddalay oladi!
Bu qizaloqning ismi — Pippi Uzunpaypoq. U ajoyib shved yozuvchisi Astrid Lindgren tomonidan yaratilgan.
Dunyoda Pippidan kuchliroq inson yo‘q; u hatto eng mashhur polvonni ham yengib, yerga yiqita oladi. Ammo Pippi faqat shu xislati bilan mashhur emas. U, shuningdek, dunyodagi eng quvnoq, kutilmagan ishlarga moyil, sho‘x va mehribon qiz — har kim do‘st tutinishni istaydigan qizaloqdir!
O‘rta maktab yoshidagi kitobxonlar uchun.

