MAC Cleansing Dead-Skin Remover — Yuz terisini yangilovchi va chuqur tozalovchi piling-gel
Ushbu gel teridagi o‘lik hujayralarni muloyimlik bilan olib tashlab, uni bir zumda yangilovchi vositadir. Yuz terisini mayin, silliq va nurafshon qiladi.
* Terining yuqori qatlamidagi o‘lik hujayralarni samarali eritib, teshikchalarni kirlardan va ortiqcha yog‘lardan tozalaydi.
* Muntazam foydalanish yuz rangini ochadi, dog‘larni ochartirishga yordam beradi va teriga sog‘lom jilo beradi.
* Tarkibidagi maxsus komponentlar tozalash jarayonida terini quritib qo‘ymaydi, aksincha, namlik balansini saqlaydi.
* Skrablar kabi terini tirnamaydi va jarohatlamaydi. Barcha turdagi teri uchun mos keladi.
* Birinchi foydalanishdanoq teringiz yumshoq va silliq bo‘lganini his qilasiz.
* Tozalash, namlash, yuz rangini tekislashga mo'ljallangan.
Qo‘llash usuli:
1. Quruq va tozalangan yuz terisiga (ko‘z va lab atrofidan tashqari) oz miqdorda surting.
2. 1-2 daqiqa davomida aylanma harakatlar bilan yengil massaj qiling.
3. Yuzingizni iliq suv bilan yuvib tashlang.
4. Haftada 1-2 marotaba foydalanish tavsiya etiladi.
Teringizga g‘amxo‘rlikni hoziroq hadya eting! MAC bilan har doim go'zal ko‘rinishda bo‘ling.

