Pijama elastik va nafas oluvchi matodan tayyorlanganligi sababli terini bezovta qilmaydi, havo yaxshi o'tkazadi va uzoq vaqt kiyilganda ham qulaylikni saqlaydi. Shortikning bel qismi yumshoq rezinkali bo'lib, belni siqmaydi va tanaga moslashadi. Maykaning old qismidagi nafis yurakcha bezagi esa mahsulotga o'ziga xos joziba bag'ishlaydi.
Mazkur model zamonaviy ranglar uyg'unligida taqdim etilgan bo'lib, har bir ayol didiga mos variantni tanlashi mumkin.
✔ Yumshoq va tanaga yoqimli mato
✔ Yengil va havo o'tkazuvchi material
✔ Zamonaviy va nafis dizayn
✔ Ingichka bretkali qulay mayka
✔ Rezinkali, qulay shortik
✔ Harakatni cheklamaydi
✔ Kundalik foydalanish va uyqu uchun ideal
✔ Bir nechta chiroyli ranglarda mavjud

