Balshimer (keng fason) bolalar pijamasi yumshoq, yengil va teriga yoqimli matodan tayyorlangan. Keng bichimi bolaga erkin harakatlanish va maksimal qulaylik yaratadi. Mato havo yaxshi o’tkazadi, terini bezovta qilmaydi va uyqu vaqtida qulaylik beradi
Pijama balshimer fasonda tikilgan. Shuning uchun bolangizning odatiy razmerini bemalol tanlashingiz mumkin. Bolalar tor kiyimni yoqtirmaydi va juda tez o’sadi, shu sababli kengroq bichim uzoqroq muddat qulay foydalanish imkonini beradi.
Agar bolangiz ozg’inroq bo’lsa, ushbu pijamadan 7 yoshgacha bemalol foydalanishi mumkin. Bunda ishton uzunligi biroz kaltaroq turishi mumkin. Xarid qilishdan oldin iltimos, ushbu holatga e’tibor bering.
Mustahkam tikuvlari, zamonaviy dizayni va sifatli matosi tufayli kundalik kiyish hamda uyqu uchun juda mos. Yuvilganda shakli va rangini yaxshi saqlaydi.

